TABIIY RESURSLARDAN ENERGIYA MANBALARI SIFATIDA FOYDALANISHGA FALSAFIY YONDASHUVI
Abstract
Insoniyat XXI asrga kelib yuksak texnologik taraqqiyot natijasida vujudga kelayotgan ko'plab global muammolarga duch bo'lmoqda. Ayniqsa, energiya resurslariga talabning ortib borishi fonida nafaqat insoniyatga, shuning barobarida sayyoramizning barqaror ekotizimiga jiddiy xavf paydo bo'ldi. Shunday sharoitda butun dunyo olimlari energiya resurslarini ishlab chiqishning muqobil variantlarini yaratish yuzasidan chuqur ilmiy tadqiqot ishlarini boshlab yuborgan. Mazkur maqola bugungi kundagi insoniyatni qiynab kelayotgan global muammolarni bartaraf etishning ijtimoiy-falsafiy omillarini ochib berish maqsad qilingan. Albatta, hozirgacha olib borilgan tadqiqotlarda asosan tabiiy resurslardan tartibsiz foydalanish global inqirozga olib kelganligiga urg'u beriladi. Biz o'z tadqiqotomizda global inqirozni oldini olish hamda bartaraf etishda aholida ekologik tafakkurni yuksaltirish ham alohida ahamiyat kasb etishini falsafiy jihatdan yoritishga harakat qilganmiz.
Not yet translated