Skip to main content
Article

SUN'IY INTELLEKT VA AKT RIVOJI SHAROITIDA EKOLOGIK ONGNING AHAMIYATI: ENERGIYA ISTE'MOLI VA "YASHIL" TRANSFORMATSIYANING IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLILI

Xorezmi Amurovich AbdukarimovBerdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Ijtimoiy fanlar kafedrasi assistent-o'qituvchisi Nukus, O'zbekiston E-mail: [email protected]
ABI

Abstract

Ushbu tezisda sun'iy intellekt, kompyuter texnologiyalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi bilan bog'liq energiya iste'moli muammosi ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Muallif raqamli infratuzilma - foydalanuvchi qurilmalari, ma'lumot uzatish tarmoqlari, data markazlar va bulutli xizmatlar - zamonaviy raqamli taraqqiyotning ko'rinmas, ammo ekologik jihatdan sezilarli narxini yuzaga chiqarayotganini asoslaydi. O'zbekiston Respublikasida "yashil" iqtisodiyotga o'tish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish va quyosh panellarini ommalashtirish bo'yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ijtimoiy-falsafiy tahlil qilinadi. Tezisning asosiy xulosasi shundan iboratki, texnologik modernizatsiya va davlat rag'batlarining o'zi yetarli emas; raqamli taraqqiyotning ekologik oqibatlarini yumshatishda ekologik ong, energiya madaniyati va fuqarolik mas'uliyati hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references