Skip to main content
Article

XALQARO AEROPORTLAR HUDUDIDA KONTRABANDA VA NOQONUNIY MIGRATSIYAGA QARSHI KURASHISHDA TEZKOR-QIDIRUV FAOLIYATINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

ABI

Abstract

Ushbu maqolada xalqaro aeroportlar hududida kontrabanda va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishda tezkor-qidiruv faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasining “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-344-son Qonuni, Jinoyat kodeksining 246 va 223-moddalari, Bojxona kodeksi, shuningdek “Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-868-son Qonun asosida kompleks tarzda tahlil qilinadi. Maqolada aeroportlar hududidagi tezkor-qidiruv tadbirlarining huquqiy asoslari, bojxona va chegara nazorat organlari hamda DXX bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmlari, fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligi talablariga rioya etilishi va tezkor-qidiruv faoliyatining maxsus usullari — nazorat ostida yetkazib berish, niqoblangan operatsiyalar va tezkor kuzatuv — ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar: idoralararo ma‘lumot almashish tizimining yetarli emasligi, texnik vositalar bilan ta‘minlanishdagi bo‘shliqlar va aviatsiya yo‘nalishidagi maxsus kadrlar tayyorlashning zaif tashkillashtirilganligi tahlil etilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references