Skip to main content
Article

SUN'IY INTELLEKT SHAROITIDA MOTIVATSIYA VA MUSTAQIL FIKRLASHNING PSIXOLOGIK OMILLARI

Ziyoda Ulug'bek qizi SaidazizovaSarbon universiteti "Ijtimoiy- gumanitar fanlar" kafedrasi o`qituvchisi Sarbon universiteti "Psixologiya" yo`nalishi 1-kurs talabasiArofat Nodir qizi JalilovaSarbon universiteti "Ijtimoiy- gumanitar fanlar" kafedrasi o`qituvchisi Sarbon universiteti "Psixologiya" yo`nalishi 1-kurs talabasi
ABI

Abstract

Mazkur maqolada sun'iy intellekt (AI) texnologiyalarining zamonaviy ta'lim tizimidagi o'rni, ularning o'quvchilar motivatsiyasi va mustaqil fikrlash qobiliyatiga ta'siri ilmiy-psixologik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida yetakchi psixologik nazariyalar (jumladan, Self-Determination Theory), xalqaro statistik ma'lumotlar hamda zamonaviy empirik yondashuvlar asosida AI integratsiyasining ijobiy va salbiy jihatlari o'rganildi. Tahlillar natijasida AI texnologiyalari individual ta'lim trayektoriyasini rivojlantirishi, ichki motivatsiyani oshirishi aniqlandi. Shu bilan birga, tayyor yechimlarga qaramlik, kognitiv passivlik va kritik fikrlashning susayishi kabi psixologik xavflar asoslab berildi hamda ularni muvozanatlash bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. XXI asrning uchinchi o'n yilligiga kelib, sun'iy intellekt (AI) texnologiyalarining shiddatli rivojlanishi inson faoliyatining barcha sohalarini, xususan, pedagogik borliqni tubdan transformatsiya qilmoqda. Bugungi kunda AI asosidagi platformalar nafaqat ma'muriy vazifalarni avtomatlashtirmoqda, balki adaptiv ta'lim (adaptive learning), virtual repetitorlik (AI tutors) va shaxsga yo'naltirilgan intellektual o'quv modellarini yaratishga xizmat qilmoqda. Xalqaro miqyosda ushbu tendensiya quyidagicha aks etmoqda: UNESCO ma'lumotlariga ko'ra (2024): Dunyo oliy ta'lim muassasalarining 67 foizi sun'iy intellekt texnologiyalarini o'quv jarayoniga rasman integratsiya qilgan. OECD hisobotlariga ko'ra: AI vositalari to'g'ri yo'naltirilganda, o'quvchilarning akademik samaradorligi va fanga bo'lgan qiziqishi ortishi kuzatilgan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references