Skip to main content
Article

KUNDUZGI PARVARISH" XIZMATLARINING IJTIMOY-PEDAGOGIK JIHATLARI

Gulxayo Abdikaxarovna Ravshanova"TIQXMMI" MTU katta oʻqituvchisi
ABI

Abstract

Ushbu maqolada mamlakatimizda nogironligi boʻlgan bolalar va ularning oilalari bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik ishlarning mazmuni va mamlakatimizda tashkil qilingan yangi institut - "Kunduzgi parvarish" xizmatlarining amaliy ahamiyati yoritilgan. Inklyuziv jamiyatda "Kunduzgi parvarish" xizmatlarining asosiy vazifalari, nogironligi boʻlgan bolalar hamda ularning ota-onalari bilan olib boriladigan ijtimoiy ishda "Kunduzgi parvarish" xizmatlarining ijtimoiy-pedagogik ahamiyati tahlil qilingan. Annotatiton. this article discusses the content of social-pedagogical work conducted with children with disabilities and their families in our country, as well as the practical significance of the newly established institution - "Day Care" services. The main tasks of "Day Care" services in an inclusive society and the social-pedagogical importance of "Day Care" services in social work with children with disabilities and their parents are analyzed. Ma'lumki, mamlakatimizda soʻnggi yillarda nogironligi boʻlgan bolalar va ularning oilalari bilan samarli ishlash mexanizmlarini takomillashtirish borasida tizimli ilshlar amalga oshirilmoqda. Inklyuziv ta'lim, ijtimoiy himoya davlat siyosating eng muhim yoʻnalishlaridan biridir. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 1 iyundagi "Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko'rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo'lga qo'yish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmoni bilan Ijtimoiy himoya milliy agetligi tashkil etilgan. Agentlik faoliyatida nogironligi boʻlgan shaxslar bilan ishlash, ularni kompleks qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish eng muhim vazifalardan biridir.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references