TA'LIMNI MODERNIZATSIYALASHDA SUN'IY INTELLEKT
Abstract
Maqolada ta'lim tarbiya jarayonini modernizatsiyalashda sun'iy intellekt imkoniyatlarining ayrim jihatlari tahlil etilgan. Sun'iy intellektning ta'limga integratsiyasi, uning afzalliklari o'rganilib, unga oid yondashuvlar qiyoslangan. Kirish. Jamiyat hayotini kompleks modernizatsiyalash jarayonida madaniy modernizatsiyaning tarkibiy qismi sifatida ilg'or xorij tajribasi asosida ta'lim tizimini yangilash, ta'lim-tarbiya jarayonini faollashtiruvchi texnologiyalar-pedagogik innovatsiyalar, ta'lim sohasidagi zamonaviy tuzilmalar - tashkiliy innovatsiyalar, iqtisodiy mexanizmlar - iqtisodiy innovatsiyalar bilan birgalikda аxborot va kommunikatsion texnologiyalar - texnologik innovatsiyalarni joriy etish zaruratini oshirmoqda. Pedagogikada innovatsion jarayon - bu pedagogik yangiliklar, bu yangiliklarning pedagogik hamjamiyat tomonidan o'zlashtirilishi va ulardan ilmiy asosda amaliyotda samarali foydalanishning o'zgarib boruvchi yaxlitligi bo'lsa, texnologik innovatsiyalar esa - sun'iy intellekt (SI) va mashinaviy o'rganish (MO'), blokcheyn texnologiyalari, IoT (Internet of Things - Narsalar interneti), kiberxavfsizlik, cloud computing (Bulutli hisoblash), virtual va kengaytirilgan haqiqat (VR va AR) kabilar jamiyatning turli sohalarida yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqot metodologiyasi sifatida tarixiylik, mantiqiylik, qiyosiy tahlil va tizimli yondashuv usullaridan foydalanildi. Tadqiqot va natijalar. Sun'iy intellekt (SI) – bugungi kunning eng ilg'or texnologiyalaridan bo'lib, u turli hayot sohalariga tibbiyotdan ta'limgacha, moliyadan madaniy ko'ngilochar jarayonlargacha kirib kelmoqda.
Not yet translated