Skip to main content
Article

TA'LIM JARAYONIDA RAQAMLI MUHIT VA UNDA ISHONCHNING TA'SIRI

Ziyoda Nabiyevna AbdullayevaТАТУ Jismoniy madaniyat va gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti
ABI

Abstract

Ushbu maqolaning asosiy mazmunini raqamlashgan jamiyat, raqamli texnologiyalar, ta'lim va uni sifatini oshirish masalalari haqidagi fikrlar bayoni batafsil keltirilgan. Raqamlashgan jamiyatda raqamli texnologiyalar kelajak avlodning, shiningdek insoniyatning bir qancha darajada intellektual salohiyatini o'sishini o'zida namoyon etuvchi asosiy yo'lni ko'rsatuvchi zarur soha ekanligi haqida berilgan ma'lumotlarni yanada boyitishga harakat qiladi. Key words: digital society, education system, digital technologies, quality, intelligence, system. Kirish. Zamonaviy bilim va ko'nikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o'z zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va serg'ayrat yoshlarni tarbiyalash mamlakatni barqaror va ildam rivojlantirishning eng muhim shartidir. So'nggi yillarda yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini namoyon qilish, ularning fuqarolik javobgarligini va olib borilayotgan islohotlarga daxldorligini oshirish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi [1]. Raqamlashgan jamiyat va raqamli kompetentsiya darajasi-bu so'nggi infratuzilma yangiliklarini hisobga olgan holda to'plangan tajribani qayta uzatish darajasidir. Bizning fikrimizcha, ta'lim tizimlari birinchi navbatda zamonaviy raqamli dunyoda bilimlarni qayta uzatish tizimining xususiyatlari bilan bog'liq bo'lgan maxsus xavf-xatar holatini keltirib chiqaradi. Bunday xususiyatlarga quyidagilar kiradi: ilmiy va texnik faoliyatning deyarli har qanday jihatlari bo'yicha ma'lumotlarning yuqori darajada mavjudligi va ochiqligi; raqamli texnologiyalarning mavjudligi usulida bevosita joylashtirilgan nusxa ko'chirish qobiliyati; ichki bilimlarni tashqi ma'lumotlarning ortib borayotgan hajmidan doimiy ravishda orqada qoldirish.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references