KASBIY KOMILLIKNING INSON SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHDAGI O'RNI
Abstract
Ushbu maqolada kasbiy komillik tushunchasi va uning inson salohiyatini rivojlantirishdagi tutgan o'rni ilmiy jihatdan tahlil etilgan. Kasbiy kompetentlik, o'z-o'zini rivojlantirish va mehnat unumdorligining o'zaro bog'liqligi zamonaviy nazariyalar asosida ko'rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, kasbiy kamolot inson kapitalining shakllanishida hal qiluvchi omil bo'lib, uning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlikka bevosita ta'sir ko'rsatadi. Kirish. Bugungi kunda globallashuv va raqobat sharoitida kasbiy komillik inson kapitalining asosiy tarkibiy qismi sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bilim iqtisodiyoti rivojlanishi bilan birga, faqat akademik ta'limga ega bo'lish yetarli bo'lmay qoldi – ish beruvchilar va jamiyat endi yuqori kasbiy kompetentlik, moslashuvchanlik hamda doimiy o'z-o'zini takomillashtirish qobiliyatiga ega mutaxassislarni talab qilmoqda. Shu bois kasbiy komillikning nazariy asoslarini o'rganish va uni inson salohiyatini rivojlantirishga bo'lgan ta'sirini aniqlash dolzarb ilmiy muammo bo'lib qolmoqda. Tadqiqotning maqsadi – kasbiy komillik va inson salohiyatining rivojlanishi o'rtasidagi munosabatlarni ilmiy asosda tahlil etish, shuningdek, zamonaviy jamiyatda kasbiy kamolotga erishishning samarali mexanizmlarini aniqlashdan iborat. Metodlar. Tadqiqotda quyidagi ilmiy metodlardan foydalanilgan: adabiyotlarni tahlil qilish va tizimlashtirish, qiyosiy tahlil, deduktiv xulosalar chiqarish. Web of Science, Scopus va ScienceDirect ma'lumotlar bazalarida e'lon qilingan 2010–2024-yillardagi ilmiy maqolalar ko'rib chiqilgan. Kasbiy komillik, inson kapitali, kasbiy rivojlanish va kompetentlik mavzularida nashr etilgan 40 dan ortiq xorijiy maqolalar tanlab olinib, ularning asosiy xulosalari tahlil etilgan. Kasbiy komillikning nazariy modeli sifatida Spencer va Spencerning kompetentlik modeli, shuningdek Dreyfus va Dreyfusning malaka bosqichlari modeli asos qilib olingan.
Not yet translated