BAHS-MUNOZARA VAZIYATLARIDA HAMKORLIKDA FAOLIYAT KO'RSATISH
Abstract
Maqolada munozara usulidan foydalanish jarayonida hamkorlikda ishlashning ahamiyati haqida so'z yuritiladi. Key words:discussion, cooperation, communication, opinion, pupil, teacher, humanity, activity. Munozara vaziyatlarini tashkil etish davomida óqituvchi har bir óquvchining bu jarayonda ishtirok etishini qóllab-quvvatlashi lozim. Bahs-munozara vaziyatlari shunday tashkil etilishi kerakki, bunda kómakka muhtoj bólgan har bir ishtirokchi uchun zarur yordam berilishi muhim. Ishtirokchilarning salbiy munosabati ham muammolar yechimini oydinlashtirish, qarama-qarshiliklarni bartaraf etish va munozara jarayonining samarali davom etishida muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonda muhokama qilinayotgan muammo yuzasidan yagona fikr vujudga keladi. Bunday pedagogik yordam óquvchilarning shaxsiy hukmlarini bayon qilishlariga imkon beradi va munozara vaziyatining samarali kechishini táminlaydi. Shunga kóra óqituvchining munozara jarayonidagi faoliyatiga bir qator talablar qóyiladi. Bunday talablarga rioya qilish natijasida munozara jarayonida ózaro hamkorlikka asoslangan holda kutilgan natija qólga kiritiladi. Bahs-munozara vaziyatlarida birinchi navbatda óquvchilarning intellektual faolligi táminlanadi. Axborotlarni qabul qilib olish va ózaro almashinish, farazlarning ózaro siljishi, sub'ektdan-sub'ektga qarab harakatlanishi, har bir óquvchida shaxsiy nuqtai nazarning shakllanishi, órtaga tashlangan muammoning muhokama qilinishi, shuningdek, óquvchilarning xulq-atvorida ham faollik vujudga keladi, bahs-munozara ishtirokchilari orasida ózaro munosabat vujudga keladi. Buning natijasida tashabbuskorlik hamda aniq yo'nalish olish sohasidagi kamchiliklar bartaraf etiladi.
Not yet translated