SUN'IY INTELLEKT SHAROITIDA O'QITUVCHI KASBINING TRANSFORMATSIYASI: CNN VA ACHOA-DELM MODELLARI ASOSIDA IJTIMOIY-PSIXOLOGIK TAHLIL
Abstract
Mazkur maqolada sun'iy intellekt texnologiyalarining ta'limga keng joriy etilishi sharoitida o'qituvchi kasbining ijtimoiy maqomi va professional identitetidagi transformatsion o'zgarishlar tahlil qilinadi. Mualliflar tomonidan o'qituvchilarning SI vositalariga munosabati, kasbiy stress darajasi va identitet o'zgarishlarini baholash uchun konvolyutsion neyron tarmoqlari (CNN) hamda ACHOA algoritmi bilan optimallashtirilgan DELM modeli ishlab chiqilgan. Model 154 nafar o'qituvchi ishtirokida o'tkazilgan sotsiologik so'rov va psixologik test natijalari asosida treningdan o'tkazilgan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, o'qituvchilarning 68 foizi SI vositalari o'z kasbiy maqomiga tahdid solishini his qiladi, 71 foizi esa qayta tayyorlash zarurligini tan oladi. Kirish. Sun'iy intellekt texnologiyalarining ta'lim tizimiga jadal integratsiyalashuvi o'qituvchi kasbining an'anaviy asoslarini o'zgartirmoqda. SI vositalari bilimni saqlash, uzatish va baholash kabi funksiyalarni qisman avtomatlashtirar ekan, o'qituvchining jamiyatdagi "bilim manbai" roli shubha ostiga qolmoqda. Bu esa kasbiy identitet inqirozi, stress va charchash sindromining kuchayishiga olib kelishi mumkin [1, 2, 11]. Erkinov Sh.Sh. tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda tana komponenti (BIA) aro korrelyatsiya tahlili asosida individual xususiyatlarni hisobga olish muhimligi isbotlangan [3, 4, 5]. Erdonov O.L. esa individual integral tayyorgarlik nazariyasida har bir subyektning funksional holati uning faoliyat samaradorligining asosiy omili ekanligini ko'rsatgan [6, 7]. Ushbu nazariy yondashuvlarni o'qituvchilarning professional identitet transformatsiyasini o'rganishga tatbiq etish metodologik asos bo'lib xizmat qiladi.
Not yet translated