SHAXSNI KOMPLEKS RIVOJLANTIRISHDA TA'LIM SINERGIYASI MODELI
Abstract
Mazkur maqolada shaxsni kompleks rivojlantirishda Ta'lim Sineriyasi Modelining nazariy-metodologik asoslari yoritiladi. Sinergetik yondashuv asosida ta'lim ochiq, dinamik va o'z-o'zini tashkil etuvchi tizim sifatida talqin qilinadi. Tadqiqot tizimli, faoliyatga asoslangan va kompetensiyaviy yondashuvlarga tayangan holda olib borildi. Model shaxsning kognitiv, emotsional-irodaviy va ijtimoiy kompetensiyalarini uyg'un rivojlantirishni ta'minlashi ilmiy jihatdan asoslandi. Kirish. Zamonaviy ta'lim tizimida shaxsni har tomonlama rivojlantirishi ustuvor vazifaga aylangan. Bugungi kunda ta'lim jarayoni nafaqat bilim berish, balki shaxsning intellektual, emotsional va ijtimoiy salohiyatini uyg'un rivojlantirishni ko'zda tutadi. Shaxs rivojlanishining nazariy asoslari Lev Vygotsky, Jean Piaget hamda Abraham Maslow tadqiqotlarida keng yoritilgan. Ularning konsepsiyalarida ijtimoiy muhit, bilish jarayonlari va o'zini ro'yobga chiqarish jarayonlari shaxs kamolotining muhim omillari sifatida ko'rsatiladi. Sinergetika nazariyasi esa Ilya Prigogine tomonidan asoslab berilgan bo'lib, murakkab tizimlarning o'z-o'zini tashkil etish qonuniyatlarini izohlaydi. Ta'lim tizimi ham ko'plab o'zaro bog'liq elementlardan iborat ochiq tizim sifatida qaralishi mumkin. Mazkur maqolaning maqsadi – shaxsni kompleks rivojlantirishda Ta'lim Sineriyasi Modelini nazariy jihatdan asoslashdir. Adabiyotlar tahlili. Zamonaviy pedagogika va psixologiyada integrativ yondashuvlar ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Lev Vygotsky tomonidan ilgari surilgan "yaqin rivojlanish zonasi" g'oyasi hamkorlikdagi ta'lim samaradorligini ko'rsatadi. Jean Piaget kognitiv rivojlanish bosqichlarini aniqlab, bilish jarayonlarining bosqichma-bosqich shakllanishini asoslab bergan. Abraham Maslow esa ehtiyojlar ierarxiyasi orqali shaxsning o'zini ro'yobga chiqarish jarayonini tushuntirgan. Shu bilan birga, mazkur nazariyalar ko'pincha shaxs rivojlanishining alohida jihatlarini yoritadi. Ta'lim Sineriyasi Modeli esa ushbu jihatlarni yagona integrativ tizimga birlashtiradi.
Not yet translated