QORAQALPOG'ISTON ONLAYN MEDIALARIDA TA'LIM MAVZULARINI YORITISHDA SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING O'RNI
Abstract
Mazkur tezisda Qoraqalpog'iston onlayn media-platformalarida ta'lim mavzularini translyatsiya qilish jarayonida sun'iy intellekt (AI) texnologiyalarining funktsional ahamiyati, imkoniyatlari va transformatsiyalashuv muammolari tahlil qilinadi. Tadqiqotda AI algoritmlari orqali axborotni yig'ish, verifikatsiyalash va auditoriya segmentatsiyasiga muvofiq tarqatish mexanizmlari ko'rib chiqiladi. Ta'lim jurnalistikasida raqamli instrumentlardan foydalanishning istiqbolli strategik yo'nalishlari ilmiy asoslab beriladi. Kirish. Global media-transformatsiya sharoitida sun'iy intellekt (AI) texnologiyalari an'anaviy jurnalistikaning texnologik paradigmalarini tubdan o'zgartirib, axborot ishlab chiqarish jarayoniga yangi imkoniyatlar olib kirmoqda. Ayniqsa, onlayn media tizimida sun'iy intellekt nafaqat texnik vosita, balki mazmuniy kontentni shakllantiruvchi va boshqaruvchi kognitiv tizim sifatida namoyon bo'lmoqda. Ta'lim sohasiga oid ijtimoiy muhim axborotlarni interpretatsiya qilishda AI imkoniyatlarini o'rganish zamonaviy mediashunoslikning dolzarb yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Qoraqalpog'iston onlayn media-muhitida ta'lim mavzularini yoritish dinamikasi asosan davlat dasturlari ijrosi, innovatsion ta'lim modellar va yoshlar siyosati doirasidagi yangiliklar bilan xarakterlanadi. Biroq sohadagi media-matnlarning analitik darajasi va auditoriya bilan qayta aloqa samaradorligi masalasi hali ham ilmiy-amaliy izlanishlarga muhtoj. Shu kontekstda, sun'iy intellekt texnologiyalarini ta'lim jurnalistikasiga integratsiya qilish kontent sifatini modernizatsiya qilishning bosh omili bo'lib xizmat qiladi.
Not yet translated