PROGNOZLASH TIZIMLARINING RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUN'IY INTELLEKT ASOSIDA RIVOJLANISHI
Abstract
Maqolada kelejak hodisalarini ilmiy prognozlashda axborot texnologiyalari va sun'iy intelekt bilan integratsiyasining imkoniyatlari tahlil qilinadi. Hozirgi kunda dunyo mamlakatlarida sun'iy intellekt asosidagi bashorat tizimlari turli sohalarda samarali qo'llanilayotganligi e'tibor qaratilib, zamonaviy axborot texnologiyalari katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash, tahlil qilish va ular asosida aniq prognozlar tayyorlash orqali kelajakni ilmiy bilish imkoniyatlarini yanada oshirib berayotganligi falsafiy tahlil qilingan. Kirish. Bugungi globallashuv va jadallik bilan rivojlanayotgan axborotlashgan jamiyat sharoitida prognozlash tizimlari turli sohalarda strategik qarorlar qabul qilishning muhim vositasiga aylanib bormoqda. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni oldindan baholash, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xavf va imkoniyatlarni aniqlash hamda resurslardan samarali foydalanishni ta'minlashda zamonaviy prognozlash usullarining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektning jadal rivojlanishi ushbu tizimlarning samaradorligini yangi bosqichga olib chiqmoqda. An'anaviy prognozlash usullari asosan statistik ma'lumotlarni tahlil qilish va matematik modellashtirishga asoslangan bo'lsa, bugungi kunda katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash, texnologik algoritmlari, neyron tarmoqlar hamda Big Data texnologiyalari prognozlash jarayonlarini sezilarli darajada takomillashtirmoqda. Sun'iy intellekt texnologiyalari yordamida murakkab tizimlardagi yashirin qonuniyatlarni aniqlash, real vaqt rejimida ma'lumotlarni qayta ishlash va yuqori aniqlikdagi bashoratlar ishlab chiqish imkoniyati yaratilmoqda.
Not yet translated