JAMIYATNING VIRTUALLASHUVIDA RAQAMLI PARADIGMANING ROLI
Abstract
Mazkur maqolada ijtimoiy reallikning virtuallashuvida raqamli paradigmaning ahamiyati tahlil qilindi. Shuningdek, hozirgi kunda ijtimoiy reallikning virtuallashuvini aniqlaydigan raqamli texnologiyalarning mazmun va mohiyati ochib berildi. XXI asrga kelib raqamli texnologiyalarning rivojlanishi jamiyatning transformatsiyalashuvini tezlashtirdi. Axborotlashtirish va raqamlashtirish olamning virtuallashuvini namoyon etib, real harakatlar va narsalar simulyatsiyaga uchrab, jamiyatning manzarasini kompyuterli model asosida yangi obrazlar orqali o'zgartirildi. Jamiyatning raqamlashuvi, o'z navbatida, jamiyatning "raqamli jamiyat", "tarmoqli jamiyat", "platformalashgan jamiyat", "IT-jamiyat" singari tushunchalar ilmiy muomalaga kirib keldi. Ilmiy adabiyotlarda "raqamli jamiyatning nazariy modelining 4 ta konsepti: tarmoqlashtirish, platformalashtirish, datifikatsiya va algoritmik boshqaruv"[1,129]. Mazkur konseptlar raqamli jamiyatning texnologik infrastrukturasining asosiy elementlari sifatida olib qaraldi. Tarmoqlashtirish. Raqamli tarmoqlar raqamli jamiyatning infrastrukturasini quradi. Bu, o'z navbatida, global jamiyatning shakllanishiga asos bo'ladi. Darhaqiqat, "tarmoqning ko'rinmas strukturasida hamma narsaning barcha bilan bog'liqligi" tamoyili sifatida tasavvur etiladi [2,102]. Tarmoqlash jamiyat tushunchasi ilk marta norvegiyalik Staynom Breten tomonidan ilmiy muomalaga kiritildi (1981-yili). Keyinchalik mazkur tushunchani niderland olimi Yan van Dik o'zining tarmoqli jamiyat kitobida ishlatadi (1991-yili). Manuelem Kastels esa bu tushunchani "Tarmoqli jamiyatning tug'ilishi" asarida ishlatgan. (1996-yili). Bu tushunchaga sinonim sifatida Djeyms Martin texnologik jamiyat tushunchasini kiritgan. Barri Vellmen 1988-yili "tarmoqli shahar" asarini yozgan. Roksann Xils va Myurri Turff tarmoqli mamlakat kitobini chop ettirgan (1978-yili). M.Kastelsning fikricha, tarmoq bizlarning jamiyatimizning yangi ijtimoiy morfologiyasini yaratadi.
Not yet translated