Skip to main content
Article

IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O'QITISHDA SUN'IY INTELLEKTNING O'RNI

Sh.X AlimovaTATU "Jismoniy madaniyat va gumanitar fanlar" kafedrasi dotsenti
ABI

Abstract

Ushbu maqolada ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitish jarayonida sun'iy intellekt texnologiyalarining ahamiyati, imkoniyatlari va istiqbollari tahlil qilingan. Ta'lim tizimida raqamli texnologiyalarni qo'llash, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, ta'lim sifatini oshirish va individual yondashuvni ta'minlashda sun'iy intellektning o'rni yoritilgan. SHuningdek, maqolada sun'iy intellektdan foydalanishning afzalliklari, pedagogik ahamiyati va mavjud muammolari tahlil qilingan. Kirish. XXI asr axborot texnologiyalari va raqamli innovatsiyalar asri sifatida jahon taraqqiyotida muhim o'rin egallamoqda. Bugungi kunda barcha sohalar qatori ta'lim tizimi ham raqamli transformatsiya jarayonini boshdan kechirmoqda. Zamonaviy texnologiyalar ta'lim jarayonini yanada samarali, tezkor va interaktiv tashkil etish imkonini bermoqda. Ayniqsa, sun'iy intellekt texnologiyalari ta'lim sohasida yangi bosqichni boshlab berdi. Sun'iy intellekt insonning aqliy faoliyatiga xos bo'lgan fikrlash, tahlil qilish, xulosa chiqarish, muloqot qilish va qaror qabul qilish kabi vazifalarni kompyuter tizimlari orqali amalga oshirish texnologiyasidir. Bugungi kunda sun'iy intellekt tibbiyot, iqtisodiyot, sanoat, bank tizimi va ta'lim kabi sohalarda keng qo'llanilmoqda. Ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitishda sun'iy intellektdan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. CHunki bu fanlar inson tafakkuri, madaniyati, jamiyat taraqqiyoti va ma'naviy qadriyatlar bilan bog'liq bo'lib, ularni o'qitishda interaktiv va tahliliy yondashuv talab etiladi. Sun'iy intellekt texnologiyalari esa talabalarning mustaqil fikrlashi, axborotni tahlil qilishi va ijodiy yondashuvini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references