Skip to main content
Article

O'zbek tili siyosiy kommunikatsiyasida metafora va hissiyot: Kognitiv tilshunoslikning tahliliy modeli

Axmadjonova NargizaQo'qon davlat universiteti mustaqil izlanuvchisiI. Xabibjonovf.f.f.d
ABI

Abstract

Ushbu ilmiy maqola o‘zbek tili siyosiy kommunikatsiyasida metafora va hissiyot o‘rtasidagi bog‘liqlikni kognitiv tilshunoslikning tahliliy modeli asosida o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda George Lakoff va Mark Johnson tomonidan asos solingan konseptual metafora nazariyasi, Antonio Damasio va Paul Ekmanning emotsiyalar psixologiyasi hamda Zoltán Kövecses tomonidan ishlab chiqilgan emotsional metafora konsepsiyasi integratsiyalashgan holda qo‘llaniladi. Maqolada o‘zbek siyosiy diskursiga xos emotsional metaforalarning asosiy konseptual modellari, ularning lingvistik implementatsiyasi va auditoriyaga psixologik ta’sir mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida o‘zbek siyosiy kommunikatsiyasida metafora va hissiyot o‘rtasidagi bog‘liqlikni tavsiflovchi uch bosqichli kognitiv model taklif etiladi: konseptual ko‘chirish bosqichi, emotsional faollashtirish bosqichi va pragmatik yo‘naltirish bosqichi. Modelning amaliy ahamiyati siyosiy nutqlarni tahlil qilish, manipulyatsiyani aniqlash va samarali kommunikativ strategiyalarni ishlab chiqish imkoniyatidadir.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references