ТРАНСФОРМАЦИЯ СОЦИАЛЬНО-ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ РОЛИ УЧИТЕЛЯ В УСЛОВИЯХ ЦИФРОВОГО ОБРАЗОВАНИЯ
Abstract
Mazkur maqolada ta'limning raqamli transformatsiyasi sharoitida o'qituvchining ijtimoiy-kasbiy rolining o'zgarishi ko'rib chiqiladi. Raqamlashtirish ta'lim mazmuni, usullari va tashkiliy shakllarini, shuningdek, ta'lim jarayoni ishtirokchilarining o'zaro munosabatlari xususiyatini o'zgartiruvchi tizimli jarayon siifatida talqin etiladi. Zamonaviy sharoitlarda bilimning asosiy manbai sifatida an'anaviy pedagog modeli o'z samaradorligini yo'qotayotganligi, o'qituvchining kasbiy faoliyati esa o'quvchilarning bilish faolligini tashkil etish, individual ta'lim trayektoriyalarini qo'llab-quvvatlash hamda tanqidiy fikrlash va axborot madaniyati ko'nikmalarini shakllantirish tomonga siljiyotganligi asoslab beriladi. O'zbekiston Respublikasida pedagogning ijtimoiy maqomining o'zgarishiga, xususan, 2024 yil 1 fevraldagi "Pedagog maqomi to'g'risida"gi O'RQ-901-son Qonuni asosida, unda o'qituvchining huquqiy kafolatlari, kasbiy huquqlari va ijtimoiy himoya choralari mustahkamlanganligiga alohida e'tibor qaratiladi. Raqamli ta'lim muhiti pedagogning kasbiy funksiyalari doirasini sezilarli darajada kengaytirib, raqamli savodxonlik, metodik salohiyat va uzluksiz kasbiy rivojlanishga tayyorlikni rivojlantirishni talab qilishi ko'rsatib o'tiladi. Ishda zamonaviy o'qituvchining kasbiy faoliyatining integral modeli ajratib ko'rsatiladi, u metodolog, fasilitator, raqamli muhit navigatori, kouch-mentor va ta'lim ma'lumotlari analitigi funksiyalarini o'z ichiga oladi. Raqamli jamiyatning taqozolariga muvofiq pedagoglarni kasbiy tayyorlashni qayta ko'rib chiqish zarurligi xulosasi chiqariladi.
Not yet translated