PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINING HUQUQBUZARLIKNI OLDINI OLISHDA FERMER XO'JALIKLARI BILAN HAMKORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH
Abstract
Annotatsiya: Maqola O‘zbekiston Respublikasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimining muhim yo‘nalishlaridan biri – profilaktika inspektorlarining qishloq hududlaridagi fermer xo‘jaliklari bilan hamkorligini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan. Qishloq joylarda mulkiy jinoyatlar, hosil o‘g‘irligi, yer va suv resurslari bo‘yicha nizolar kabi huquqbuzarliklarning oldini olishda inspektorlarning roli, vakolatlari va faoliyati tahlil etiladi. Hozirgi holatdagi muammolar (huquqiy savodxonlik pastligi, tizimli muloqot yetishmasligi, raqamli texnologiyalardan foydalanishning cheklanganligi) chuqur yoritiladi. Takomillashtirish yo‘nalishlari sifatida tizimli seminarlar, manzilli monitoring, raqamli platformalar, hamkor tashkilotlar bilan integratsiya, rag‘batlantirish mexanizmlari va inspektorlar malakasini oshirish taklif etiladi. “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili doirasida amalga oshiriladigan islohotlar orqali qishloq hududlarida jinoyatchilikni kamaytirish, fermerlar huquqiy ongini yuksaltirish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash mumkinligi asoslab beriladi. Maqola ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, ichki ishlar organlari xodimlari, fermerlar va mahalliy hokimiyat vakillari uchun foydali.
Not yet translated