JAHON TILSHUNOSLIGIDA TIL BIRLIKLARINING GENDER XOSLANISHIGA OID TADQIQOTLAR TAHLILI
Abstract
Ushbu maqolada jahon tilshunosligida til birliklarining gender xoslanishi muammosiga bag'ishlangan tadqiqotlarning qiyosiy tahlili keltiriladi. Til va gender munosabatlari zamonaviy tilshunoslikning dolzarb yo'nalishlaridan biri sifatida turli lingvistik maktablar tomonidan turlicha metodologik asoslarda o'rganilmoqda. Maqolada gender xoslanishining grammatik, leksik va diskursiv darajalardagi namoyon bo'lish xususiyatlari, tipologik tadqiqotlar natijalari, korpus lingvistikasi va psixolingvistik eksperimentlar asosida olingan ilmiy xulosalar tahlil qilinadi. Maqolada nemis, ispan,italyan, fransuz, arab, ingliz, turk, yapon va xitoy tillari misolida gender kategoriyasining morfologik, leksik va diskursiv darajadagi ifodalanishi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, so‘nggi yillarda jpriy etilgan inkluziv til innovatsiyalari ularning ijtimoiy va kognitiv asoslari bilan birga tahlil etiladi. Unda tipologik, korpus lingvistikasi va gender tadqiqodlari metodlariga tayanadi.
Not yet translated