ABDULLA AVLONIY VA JAN-JAK RUSSO IJODIDA TA'LIM-TARBIYA VA MA'RIFAT G'OYALARINING QIYOSIY TALQINI
Abstract
Ushbu maqolada o‘zbek jadid ma’rifatparvari Abdulla Avloniy hamda G‘arb ma’rifatparvar faylasufi Jan-Jak Russo ijodida ta’lim-tarbiya, axloq, ma’rifat va inson kamoloti masalalari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi Avloniyning “Turkiy Guliston yoxud axloq” asari hamda Russoning “Emil yoki tarbiya haqida” asarida ilgari surilgan tarbiyaviy qarashlarning umumiy va farqli jihatlarini aniqlashdan iborat. Maqolada qiyosiy-adabiy, tarixiy-tipologik, germenevtik va pedagogik tahlil metodlaridan foydalanildi. Tahlil jarayonida Avloniy tarbiyani millat saodati, axloqiy poklik, ilm-ma’rifat va ijtimoiy taraqqiyot bilan bog‘lagani, Russo esa tarbiyani bolaning tabiiy rivojlanishi, erkin fikrlashi va shaxsiy mustaqilligi bilan izohlagani aniqlandi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ikki mutafakkir turli tarixiy-madaniy muhitda yashagan bo‘lsa-da, ularning qarashlarida tarbiya insonni kamolga yetkazuvchi asosiy vosita sifatida talqin etiladi. Maqola xulosasida Avloniy va Russo merosini qiyosiy o‘rganish bugungi ta’lim jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiya hamda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni uyg‘unlashtirishga xizmat qilishi asoslanadi.
Not yet translated