Skip to main content
Article

Qishloq xo'jaligi mahsulotlari narxlarining o'zgarishi va fermer xo'jaliklariga ta'siri

Xolliyev Sh.B.Qarshi davlat universiteti Iqtisodiyot kafedrasi katta o'qituvchisi, PhD
ABI

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlarining o‘zgaruvchanligi va uning fermer xo‘jaliklari daromadlari hamda rentabelligiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot 2020–2024 yillar davrini qamrab olib, paxta va bug‘doyga davlat buyurtmasi tizimining bekor qilinishi natijasida bozor mexanizmlariga o‘tish jarayonida yuzaga kelgan narx tebranishlarini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, nominal daromadlarning oshishiga qaramay, ishlab chiqarish xarajatlarining tez sur’atlarda o‘sishi va inflyatsiya bosimi fermer xo‘jaliklarining haqiqiy daromadlari hamda sof foyda marjasining qisqarishiga olib kelgan. Ayniqsa, o‘g‘itlar, yoqilg‘i va mehnat resurslari narxlarining oshishi kichik fermer xo‘jaliklarining moliyaviy barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqot xulosalarida qishloq xo‘jaligida narx barqarorligini ta’minlash, risklarni boshqarish mexanizmlarini joriy etish va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash choralarini kuchaytirish zarurligi asoslab berilgan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references