ABDULLA QODIRIY IJODIDA O'ZBEK ADABIY TILINING XALQCHIL YANGILANISHI
Abstract
Ushbu maqolada XX asr boshlarida o‘zbek adabiy tilining shakllanish va taraqqiyot bosqichlari jadidlar ilgari surgan til islohoti g‘oyalari, “Chig‘atoy gurungi” jamiyati faoliyati hamda Abdulla Qodiriy ijodi misolida keng tahlil etiladi. Fitrat, Cho‘lpon va Vadud Mahmud tomonidan asoslab berilgan xalqchillik tamoyillarining Abdulla Qodiriy badiiy tafakkurida yorqin ifodasini topgani ochib beriladi. Ayniqsa, “O‘tkan kunlar” romanida xalq og‘zaki nutqi, mumtoz nasr an’analari va yangi adabiy til me’yorlarining o‘zaro uyg‘unlashuvi natijasida milliy tilning badiiy-estetik imkoniyatlari namoyon bo‘lgani ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari Abdulla Qodiriy ijodining o‘zbek adabiy tili rivojida muhim burilish yasaganini ilmiy dalillar asosida tasdiqlaydi.
Not yet translated