ZAMONAVIY O'ZBEK VA JAHON ADABIY MATNLARIDA NEOLOGIZMLARNING BADIIY-KOMMUNIKATIV XUSUSIYATLARI QIYOSIY TAHLILI
Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek va jahon adabiy matnlarida uchraydigan neologizmlarning badiiy-kommunikativ xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi yangi so‘z va iboralarning badiiy matndagi obraz yaratish, zamonaviylik ruhini ifodalash, qahramon nutqini individuallashtirish hamda o‘quvchi bilan kommunikativ aloqa o‘rnatishdagi vazifalarini aniqlashdan iborat. Maqolada qiyosiy tahlil, kontekstual tahlil, semantik-pragmatik tahlil va tavsifiy metodlardan foydalanildi. Zamonaviy adabiy matnlarda “selfi”, “blog”, “post”, “like bosmoq”, “chatlashmoq”, “onlayn hayot”, “virtual do‘stlik”, “trend”, “kontent” kabi neologik birliklar insonning yangi davrga mos dunyoqarashi, muloqot shakli va ijtimoiy munosabatlarini ifodalashga xizmat qiladi. Jahon adabiy matnlarida ham raqamli madaniyat, texnologik taraqqiyot va globallashuv ta’sirida shakllangan neologizmlar badiiy ifoda vositasi sifatida faol qo‘llanadi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek va jahon adabiy matnlarida neologizmlar nafaqat leksik yangilik, balki davr ruhini, ijtimoiy o‘zgarishlarni va qahramonlarning kommunikativ muhitini aks ettiruvchi muhim badiiy birlik sifatida namoyon bo‘ladi.
Not yet translated