Skip to main content
Article

TURKISTONDAGI JADIDCHILIK HARAKATI: IJTIMOIY-IQTISODIY VA MA'NAVIY YANGILANISH BOSQICHI

Jaxongir Abdimo'minovich XusanovNavoiy innovatsiyalar universiteti magistranti
ABI

Abstract

Mazkur maqolada Turkistonda XIX asr oxiri va XX asr boshlarida shakllangan jadidchilik harakatining ijtimoiy-iqtisodiy hamda ma’naviy yangilanishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Jadidchilik harakatining vujudga kelishiga ta’sir etgan tarixiy omillar, xususan, Rossiya imperiyasi mustamlakachilik siyosati, ta’lim tizimining eskirganligi va tashqi ma’rifiy ta’sirlar yoritilgan. Shuningdek, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat va Cho‘lpon kabi jadid namoyandalarining ma’rifatparvarlik faoliyati ochib berilgan. Maqolada yangi usul maktablari, matbuot, teatr va adabiyot orqali amalga oshirilgan islohotlarning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati ko‘rsatib o‘tiladi. Jadidlarning iqtisodiy mustaqillik, milliy uyg‘onish va siyosiy erkinlik haqidagi qarashlari tahlil qilinib, ularning Turkiston tarixidagi o‘rni baholanadi. Shuningdek, jadidchilik harakatining bugungi kun ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyoti uchun dolzarb ahamiyati yoritilgan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references