Skip to main content
Article

ZAMONAVIY TIBBIYOTDA ALLERGIK KASALLIKLARNING DOLZARB MUAMMOLARI

ABI

Abstract

So'nggi yillarda allergik kasalliklar dunyo sog'liqni saqlash tizimidagi eng dolzarb muammulardan biriga aylandi. Allergik rinit, bronxial astma, atopik dermatit, oziq-ovqat allergiyasi hamda dori vositalariga nisbatan yuqori sezuvchanlik reaksiyalari barcha yosh guruhlarida uchramoqda. Urbanizatsiya, ekologik muammolar, immun tizimiga ta'sir qiluvchi omillarning ko'payishi va turmush tarzidagi o'zgarishlar allergik kasalliklarning tarqalishiga sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda. Ushbu maqolada zamonaviy tibbiyotda allergik kasalliklarning epidemiologiyasi, etiologik omillari, diagnostika usullari, davolash yondashuvlari va profilaktikasi tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida xalqaro ilmiy manbalar, Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlari, shuningdek, o'zbek olimlarining ilmiy ishlari o'rganildi. Natijalar allergik kasalliklarni erta aniqlash va individual davolash strategiyalarini ishlab chiqish zamonaviy tibbiyotning muhim vazifalaridan biri ekanligini ko'rsatdi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references