TARBIYA FANINI O'QITISHDA SITUATIV TA'LIMDAN FOYDALANISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
Abstract
Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida tarbiya fanini o‘qitishda situativ ta’limdan foydalanish metodikasini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda situativ ta’limning nazariy-pedagogik asoslari, o‘quvchilarning ijtimoiy-axloqiy kompetensiyalarini rivojlantirishdagi imkoniyatlari hamda tarbiya darslariga integratsiyalash mexanizmlari tahlil qilingan. Pedagogik tajriba-sinov ishlari natijalari situativ ta’lim texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarning axloqiy fikrlash, empatiya, muloqot madaniyati va mas’uliyat ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijasida tarbiya fanini o‘qitishda real hayotiy vaziyatlar, axloqiy dilemmalar, rolli o‘yinlar va case-study metodlariga asoslangan metodik model ishlab chiqildi.
Not yet translated