MUHANDISLARDA XAVFSIZLIK MADANIYATINI OSHIRISHDA TA'LIM METODLARINING O'RNI
Abstract
Mazkur maqolada muhandislarda xavfsizlik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishda zamonaviy ta'lim metodlarining ahamiyati tahlil qilingan. Ishlab chiqarish jarayonlarida yuzaga keladigan xavf-xatarlarni kamaytirishda interfaol metodlar, amaliy mashg'ulotlar, innovatsion pedagogik texnologiyalar hamda raqamli ta'lim vositalarining samaradorligi yoritilgan. Shuningdek, muhandislik ta'limida kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish orqali mehnat muhofazasi talablariga rioya qilish madaniyatini oshirish masalalari ko'rib chiqilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, zamonaviy pedagogik yondashuvlar muhandislarning xavfsizlikka oid bilim, ko'nikma va mas'uliyatini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Maqolada xalqaro tajriba va ilmiy manbalar asosida tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Not yet translated