Skip to main content
Article

INGLIZ VA O'ZBEK PAREMIOLOGIK BIRLIKLARIDA "ONA" OBRAZINING SEMANTIK QAMROVI

Gulshoda MuhammadiyevaTermiz iqtisodiyot va servis universiteti 2-kurs magistrantiGulchehra MaxmadiyevaPedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori, (PhD), dotsent, Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
ABI

Abstract

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek maqollarida “ona” konseptining semantik maydoni qiyosiy-lingvokulturologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Maqollarda ona obrazi xalq tafakkuri, milliy qadriyatlar, axloqiy qarashlar, oilaviy munosabatlar va tarbiyaviy tajribaning muhim ifodachisi sifatida namoyon bo‘ladi. O‘zbek paremiologiyasida “ona” konsepti, avvalo, mehr, fidoyilik, tarbiya, duogo‘ylik, hayot manbai, oila markazi va farzand taqdiriga mas’ullik kabi semantik belgilar orqali ochiladi. “Onaning ko‘ngli bolada, bolaning ko‘ngli dalada”, “Ona bilan bola – gul bilan lola”, “Ona – daraxt, bola – meva” kabi maqollar ona va farzand o‘rtasidagi ruhiy yaqinlik, tabiiy bog‘liqlik va tarbiyaviy munosabatni ifodalaydi. Ingliz maqollarida esa “mother” konsepti ko‘proq oilaviy o‘xshashlik, avlod davomiyligi, tarbiya ta’siri, mehr va ma’naviy tayanch semalari orqali namoyon bo‘ladi. “Like mother, like daughter”, “The hand that rocks the cradle rules the world”, “A mother’s love never grows old” kabi birliklar ona obrazining jamiyat, avlod va shaxs shakllanishidagi o‘rnini ko‘rsatadi. Tadqiqotda tavsifiy, qiyosiy, semantik va lingvokulturologik tahlil metodlaridan foydalanildi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, har ikki tilda “ona” konsepti universal insoniy qadriyatlarni ifodalasa-da, uning milliy-madaniy talqinida ayrim farqlar mavjud. O‘zbek maqollarida ona obrazi ko‘proqmuqaddaslik, duogo‘ylik va oilaviy birdamlik bilan bog‘lansa, ingliz maqollarida tarbiya, ijtimoiy ta’sir va shaxsiy mustaqillik jihatlari kuchliroq ko‘zga tashlanadi. Shu bois “ona” konsepti ikki xalq paremiologik fondida ham markaziy lingvokulturologik birlik sifatida baholanadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references