Skip to main content
Article

VIRTUAL LABORATORIYALAR ASOSIDA FIZIKA FANINI O'QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH: RAQAMLI TA'LIMDAGI MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI

ABI

Abstract

Ushbu maqolada fizika fanini o‘qitish jarayonida virtual laboratoriyalarning didaktik imkoniyatlari, ularning an’anaviy laboratoriya mashg‘ulotlariga nisbatan afzalliklari hamda o‘qitish metodikasini takomillashtirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda PhET, Algodoo va CloudLabs kabi zamonaviy raqamli platformalardan foydalanishning pedagogik samaradorligi ko‘rib chiqiladi. Maqolada virtual simulyatsiyalarni dars jarayoniga integratsiya qilishning to‘rt bosqichli metodik modeli taklif etilib, uning o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, mustaqil izlanish va tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirishdagi ahamiyati asoslanadi. Tahlil natijalari virtual ta’lim muhiti nazariy bilimlarni mustahkamlash, fizik hodisalarni vizual idrok etish hamda o‘quv jarayonining interaktivligini oshirishda muhim didaktik resurs ekanligini ko‘rsatadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references