GEOGRAFIYA FANINI O'QITISHDA AR/VR TEXNOLOGIYALARI VA O'QUV SIMULYATSIYALARIDAN FOYDALANISH: ZAMONAVIY YONDASHUV VA PEDAGOGIK SAMARADORLIK TAHLILI
Abstract
Bugungi raqamli transformatsiya sharoitida kengaytirilgan reallik (AR) va virtual reallik (VR) texnologiyalari ta’lim jarayonining samaradorligini oshiruvchi innovatsion pedagogik vositalar sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu maqolada geografiya fanini o‘qitishda AR va VR texnologiyalari hamda o‘quv simulyatsiyalaridan foydalanishning ilmiy-metodik asoslari, didaktik imkoniyatlari va tajriba-sinov natijalari tahlil qilingan. Tadqiqotda nazariy manbalar tahlili hamda amaliy tajriba natijalari o‘zaro solishtirilib, AR va VR texnologiyalarining o‘quvchilarning fazoviy tafakkuri, kognitiv faolligi va o‘quv motivatsiyasiga ijobiy ta’siri aniqlangan. Natijalar AR va VR asosida tashkil etilgan darslar an’anaviy o‘qitish usullariga nisbatan 20–25 foiz yuqori o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini ta’minlaganini ko‘rsatdi.
Not yet translated