Skip to main content
Article

TIBBIY DIAGNOSTIKA QURILMALARINING FIZIK XOSSALARINI TADQIQ ETISH VA TEXNOLOGIK SAMARADORLIGINI BAHOLASH

ABI

Abstract

Mazkur maqolada tibbiy diagnostik qurilmalarning fizik xossalari hamda texnologik samaradorligi tadqiq etilgan. Tadqiqot jarayonida elektrokardiograf, pulsoksimetr va ultratovush diagnostikasi qurilmalarining ishlash prinsiplari, shuningdek, bioelektrik, optik va akustik signallarning fizik xususiyatlari tahlil qilindi. Diagnostik qurilmalarda signal sifati, sensor sezgirligi, elektromagnit shovqinlar hamda raqamli signalni qayta ishlash texnologiyalarining qurilma samaradorligiga ta’siri eksperimental jihatdan baholandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, raqamli filtratsiya usullari va zamonaviy optoelektron sensorlardan foydalanish diagnostik aniqlikni oshirishi aniqlandi. Shuningdek, ultratovush diagnostikasida optimal chastota diapazonlarini tanlash tasvir sifatini yaxshilashda muhim omil ekani asoslab berildi. Olingan natijalar tibbiy elektron qurilmalarni takomillashtirish hamda diagnostika jarayonining samaradorligini oshirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references