Skip to main content
Article

TA'LIM DASTURLARINI XALQARO STANDARTLARGA MOSLASHTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

ABI

Abstract

Mazkur maqolada ta’lim dasturlarini xalqaro standartlarga moslashtirishning pedagogik asoslari kompleks yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda zamonaviy ta’lim paradigmasi doirasida kompetensiyaviy yondashuv, natijaga yo‘naltirilgan ta’lim modeli hamda konstruktiv ta’lim tamoyillari metodologik asos sifatida belgilangan. Xususan, OECD va UNESCO tavsiyalari, shuningdek, PISA, TIMSS va PIRLS kabi xalqaro baholash dasturlari talablari asosida ta’lim mazmunini modernizatsiya qilish zarurati asoslab beriladi. Maqolada milliy o‘quv dasturlarining mavjud holati xalqaro baholash tizimlari mezonlari bilan qiyosiy tahlil qilinib, ularning o‘xshash va farqli jihatlari aniqlanadi. Shuningdek, ta’lim dasturlarini xalqaro standartlarga moslashtirishda milliy kontekst, o‘qituvchi kompetensiyasi, baholash mexanizmlari, darsliklar transformatsiyasi hamda fanlararo integratsiyaning pedagogik ahamiyati yoritiladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references