VIRTUAL OBSERVATORIYALAR: ASTRONOMIYA DARSLARIDA "BIG DATA" VA OCHIQ MA'LUMOTLAR BAZALARI BILAN ISHLASH METODIKASI
Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy astronomiya ta’limida virtual observatoriyalar hamda katta ma’lumotlar –“Big Data” bilan ishlashning ilmiy-uslubiy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda Gaia va Hubble kabi global ochiq ma’lumotlar bazalarini Python dasturlash tili, xususan, Astropy kutubxonasi hamda Stellarium planetariy dasturi yordamida o‘quv jarayoniga integratsiya qilish metodikasi yoritiladi. Maqolada astronomiya darslarini an’anaviy nazariy yondashuvdan tadqiqotga asoslangan ta’lim –Inquiry-Based Learning modeliga bosqichma-bosqich o‘tkazish bo‘yicha amaliy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Shuningdek, virtual observatoriyalarning talabalarda raqamli savodxonlik, ma’lumotlar bilan ishlash madaniyati va statistik tahlil ko‘nikmalarini shakllantirishdagi didaktik ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab beriladi.
Not yet translated