Skip to main content
Article

KASKADLI GIDROELEKTR STANSIYALARDA ELEKTR ENERGIYA ISHLAB CHIQARISH JARAYONINI MODELLASHTIRISH VA TAHLIL QILISH

Soxibjon Solijon o'g'li KomoliddinovFarg'ona davlat texnika universiteti
ABI

Abstract

Maqolada kaskadli gidroelektr stansiyalarda elektr energiyasi ishlab chiqarish jarayonini fizik-dinamik modellashtirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda suv balansi tenglamalari, ombor hajmi va sof napor dinamikasi hamda kaskadlararo suv oqimining vaqt bo‘yicha kechikishlari asosida matematik model ishlab chiqilgan. Model Matlab/Simulink muhitida uch pog‘onali kaskadli GES misolida sinovdan o‘tkazilgan. Natijalar suv sarfi o‘zgarishlarining quvvat va energiya ishlab chiqarishga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini hamda kaskadlararo kechikishlar energetik ko‘rsatkichlarda fazaviy siljishlarni yuzaga keltirishini ko‘rsatdi. Quvvatning vaqt bo‘yicha integrali asosida elektr energiyasini hisoblash yondashuvi sutkalik va mavsumiy energiya ishlab chiqarish hajmlarini baholash imkonini berdi. Taklif etilgan model gidravlik va energetik jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligini yagona tizimda aks ettirib, kaskadli GESlarni tahlil qilish, boshqarish va elektr energiyasi ishlab chiqarishni prognozlash uchun samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references