Skip to main content
Article

XAYRIDDIN SULTON HIKOYALARIDA TABIAT MANZARALARINING ESTETIK TALQINI

Abdullayeva AzizaTerDPI talabalasi
ABI

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy oʻzbek nasrining iste’dodli vakillaridan biri – Xayriddin Sulton hikoyalaridagi peyzaj tasvirining badiiy-falsafiy ahamiyati har tomonlama tahlil etiladi. Adibning hikoyalarida tabiat manzaralari voqelikni tasvirlashning oddiy fon vazifasidan chiqib, asarning mazmun-mohiyatini ochuvchi, personaj ruhiyatini yorituvchi, syujetning dinamikasini belgilovchi kuchli poetik vositaga aylangani ilmiy asosda koʻrsatib beriladi. Maqolada yozuvchi tomonidan fasllar almashinuviga berilgan ramziy talqinlar, tabiatning inson ichki dunyosi bilan bogʻlanishi, peyzajning psixologik parallelizm asosida qurilishi va milliy mentalitetni ifodalashdagi oʻrni yoritilgan.Tadqiqot davomida adibning “Laylak keldi, bahor boʻldi”, “Zabarjad”, “Yurak”, “Otam toʻgʻrisida qoʻshiq” kabi hikoyalaridan olingan badiiy misollar asosida peyzaj tasvirining estetik va semantik qatlamlari tahlil qilinadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references