SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA TIBBIY AXBOROT TIZIMLARIGA KIBERHUJUMLARNING OLDINI OLISH MASALALARI
Abstract
Mazkur maqolada sog'liqni saqlash sohasida qo'llaniladigan axborot tizimlariga nisbatan yuzaga kelayotgan kiberxavflar, ularning aniqlanishi va bartaraf etilishida sun'iy intellekt texnologiyalarining funksional imkoniyatlari ilmiy-texnik jihatdan yoritilgan. Tadqiqot doirasida mashinaviy o'rganish hamda chuqur neyron tarmoqlar asosida ishlovchi kiberhimoya mexanizmlari, xususan, tarmoqdagi noan'anaviy xatti-harakatlarni aniqlash, zararli faollikni bashorat qilish va kiberhujumlarni real vaqt rejimida cheklashga yo'naltirilgan intellektual tizimlar tahlil qilindi. Sun'iy intellektga asoslangan xavfsizlik yechimlari tibbiy axborot resurslarining konfidensialligi, yaxlitligi va uzluksiz foydalanish imkoniyatini ta'minlashda samarali vosita sifatida namoyon bo'ladi.
Not yet translated