Skip to main content
Article

SUN'IY INTELLEKTGA ASOSLANGAN "MEDEDUAI" ELEKTRON TA'LIM PLATFORMASINING DIDAKTIK MODELI

Farrux Muhammadovich Muxtarovprofessor, DScTohir Tojiboyevich MukaramovAssistent, Central Asian Medical University
ABI

Abstract

Tibbiy ta'lim tizimida raqamli texnologiyalarning shiddat bilan rivojlanishi ta'lim jarayonlarini individuallashtirish va foydaliligini oshirish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Mazkur tadqiqotning maqsadi sun'iy intellektga asoslangan "MedEduAI" elektron ta'lim platformasining didaktik modelini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda tizimli tahlil, pedagogik modellashtirish va funksional loyihalash metodlaridan foydalanildi. Natijada platformaning maqsadli, mazmuniy, texnologik, faoliyat va baholash komponentlarini o'z ichiga olgan didaktik modeli ishlab chiqildi. Taklif etilgan model talabalarning individual o'quv trayektoriyalarini shakllantirish, bilimlarni adaptiv baholash hamda o'quv analitikasini amalga oshirish imkonini beradi. Mazkur tadqiqotdan olingan natijalar tibbiy ta'lim jarayoniga sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish va ularni samarali qo'llash uchun ilmiy-metodik asos vazifasini bajarishi mumkin.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references