BILISH MUSTAQILLIGI VA SUN'IY INTELLEKT TUSHUNCHALARINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK MOHIYATI HAMDA O'ZARO ALOQADORLIGI
Abstract
Mazkur maqolada bilish mustaqilligi va sun’iy intellekt tushunchalarining pedagogik-psixologik mohiyati, ularning ta’lim jarayonidagi o‘zaro aloqadorligi hamda ta’lim samaradorligini oshirishdagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda sun’iy intellekt texnologiyalari asosida tashkil etilgan ta’lim muhiti o‘quvchilarning bilish faolligi, o‘quv motivatsiyasi, mustaqil fikrlashi, refleksiv ko‘nikmalari va individual rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi asoslab beriladi. Maqolada shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirishda adaptiv o‘qitish tizimlari, intellektual o‘quv platformalari, virtual yordamchilar hamda avtomatlashtirilgan teskari aloqa mexanizmlarining didaktik imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, sun’iy intellekt vositalari orqali o‘quvchilarning ichki motivatsiyasi, o‘z-o‘zini nazorat qilish, refleksiya, tanqidiy fikrlash va mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari ochib beriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, sun’iy intellekt texnologiyalaridan pedagogik maqsadga muvofiq foydalanish ta’lim jarayonini individuallashtirish, o‘quvchilarning bilish mustaqilligini rivojlantirish, akademik natijalarni yaxshilash hamda zamonaviy raqamli jamiyat talablariga mos kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Not yet translated