SURXONDARYO VILOYATINING AYRIM HUDUDLARIDA KASALLIKLAR TARQALISHINI GEOGRAFIK AXBOROT TIZIMLARI ASOSIDA XARITALASHTIRISH
Abstract
Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatining o‘ziga xos tabiiy-geografik va ekologik sharoitlarida aholi o‘rtasida uchraydigan ayrim kasalliklarning hududiy tarqalish qonuniyatlari Geografik axborot tizimlari (GAT) texnologiyalari asosida tadqiq etilgan. Tadqiqotda mintaqadagi iqlimiy omillar, jumladan chang bo‘ronlari, ichimlik suvi tarkibi hamda relyef xususiyatlarining tibbiy-demografik ko‘rsatkichlarga ta’siri fazoviy tahlil metodlari orqali o‘rganilgan. ArcGIS dasturiy muhitida yaratilgan tematik xaritalar yordamida kasallik o‘choqlari vizuallashtirilgan hamda xavf darajasi yuqori bo‘lgan hududlar aniqlangan. Olingan natijalar sog‘liqni saqlash tizimida hududiy monitoringni yo‘lga qo‘yish, profilaktika choralarini ilmiy asosda rejalashtirish va tibbiy resurslarni samarali taqsimlash uchun amaliy ahamiyatga ega.
Not yet translated