TIJORAT BANKLARINING INVESTITSIYA LOYIHALARI SAMARADORLIGINI BAHOLASHDA KOVENANTLAR TIZIMINI JORIY ETISH METODOLOGIYAS
Abstract
Ushbu maqolada tijorat banklarining investitsion faoliyati barqarorligini ta’minlash maqsadida investitsiya loyihalari samaradorligini baholash metodologiyasini takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotning dolzarbligi an’anaviy baholash usullarining statik xarakterga egaligi hamda loyiha hayotiylik davridagi dinamik risklarni to‘liq qamrab olmasligi bilan izohlanadi. Maqolaning ilmiy yangiligi sifatida investitsiya loyihalarini baholash va monitoring qilish jarayoniga moliyaviy va nomoliyaviy kovenantlar (shartnomaviy cheklovlar) tizimini integratsiya qilish metodologiyasi ishlab chiqilgan. Muallif tomonidan loyiha samaradorligining kutilayotgan ko‘rsatkichlardan og‘ishini preventiv aniqlash imkonini beruvchi kovenantlar majmuasi va ularni bankning risk-menejment tizimiga tatbiq etish mexanizmi taklif etilgan. Tadqiqot natijasida kovenantlar tizimining joriy etilishi bank investitsion portfeli sifatini oshirishi, kredit risklarini minimallashtirishi va loyiha subyektlari o‘rtasidagi axborot assimetriyasini kamaytirishi ilmiy asoslangan.