Skip to main content
Article

MASSHTABLASHTIRILGAN AVTOMOBILLARNING AERODINAMIK SINOVLARIDA MODEL MASSASINI ANIQLASH

Dostonbek ErgashevAndijon davlat texnika insituti
2026
ABI

Abstract

Maqolada kichik o‘lchamli aerodinamik sinov qurilmasida masshtablashtirilgan avtomobil modellarini sinovdan o‘tkazishda model massasini aniqlash masalasi ilmiy va amaliy jihatdan tadqiq etilgan. Tadqiqot Andijon davlat texnika institutida mavjud bo‘lgan aerodinamik sinov qurilmasida o‘tkazilib, unda xetchbek, sedan va miniven turidagi avtomobillarning 3D printerda tayyorlangan modellaridan foydalanildi. Tadqiqotning dolzarbligi avtomobil aerodinamikasini laboratoriya sharoitida o‘rganishda faqat geometrik masshtablashga asoslanish yetarli emasligi va model massasining o‘lchash aniqligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi bilan izohlanadi. Tadqiqot jarayonida dastlab n3 qonuniga asoslangan massa tanlash yondashuvi qo‘llandi, biroq ayrim modellar uchun o‘lchash natijalarida sezilarli xatolik va barqarorlikning pasayishi kuzatildi. Shu sababli modellar turli massalarda sinovdan o‘tkazilib, eksperimental ma’lumotlar statistik qayta ishlash orqali tahlil qilindi. Natijada haqiqiy avtomobil massasi bilan sinov modeli massasi o‘rtasida empirik bog‘lanish aniqlanib, optimal natijalar beruvchi munosabat taklif etildi. Olingan natijalar kichik aerodinamik sinov qurilmalari sharoitida sinov modellarining massasini tanlash metodikasini takomillashtirishga xizmat qiladi va avtomobil aerodinamikasini o‘rganishda o‘lchash xatoliklarini kamaytirish imkonini beradi.

Identifiers

Citations and references

Cited by 08 references