TO'DAKO'L SUV OMBORIDA KIMYOVIY REJIMNING O'ZGARISHI
Abstract
Maqolada To‘dako‘l suv omborini gidrokimyoviy rejimi baholangan va suv sifatini yomonlashuvini oldini olish bo‘yicha takliflar keltirilgan. Tadqiqotlar Navoiy viloyatining janubiy-g’arb qismida joylashgan To‘dako‘l suv omborida olib borilgan. Suv omborini gidrokimyoviy rejimiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar va To‘dako‘l suv omboridagi asosiy ionlarning gidrokimyoviy tavsiflarining tahlil kilingan va mavsumiy o‘zgarishi baholangan. Masalan, yoz va kuz fasllarda suv tarkibida ionlarning miqdorining ortishi xamda qish va bahor oylarida esa kamayishi qayt etildi. Kuzatilgan vaziyatning oldini olish uchun suv omboridagi suv almashinuvini oshirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi. Qayd etilgan holatlar O‘zbekistonning o‘ziga xos sharoitida mavsumiy boshqariluvchi suv omborlarini ishonchliligini gidrologik va gidroekologik omillarni hisobga olgan holda oshirish zarurligini asoslaydi va ushbu yo‘nalishda tadqiqotlar olib borish mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi. Mazkur tadqiqot doirasida suv omborining suv sifati gidrokimyoviy ko‘rsatkichlarni o‘rganish maqsadida foydalanish uchun ruxsat etilgan me’yorlar bilan taqqoslash orqali baholash amalga oshirilgan. Shuningdek suv ombordagi suv tarkibidagi ionlarning ko‘rsatkichlarini amalda qo‘llash uchun tavsiya qilingan ko‘rsatkichlar bilan solishtirish orqali sug‘orish uchun yaroqliligi ham baholangan. Natijalar shuni ko’rsatadiki me’yorlardan ortiq bo‘lgan ko‘rsatkichlarni ajratib ko‘rsatish orqali tekislik hududlarda joylashgan suv omborlarining suvi nisbatan sho‘r bo‘lib, ularni ichimlik va boshqa xo‘jalik maqsadlarida ishlatish uchun qo‘shimcha tozalash ishlari talab qilinadi.
Not yet translated