BO`LAJAK O`QITUVCHILAR KASBIY TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISHDA ILG`OR XORIJIY VA MILLIY TAJRIBALARNING METODIK TAHLILI
Abstract
XXI asrda ta`lim sifati va samaradorligini oshirishning eng muhim omillaridan biri – pedagog kadrlar tayyorgarligini oshirishdir. O`qituvchi jamiyat taraqqiyotining tayanchi bo`lib, uning kasbiy mahorati va malakasi ta`lim jarayonining sifatini belgilaydi. Shu bois bugungi kunda dunyo mamlakatlarida bo`lajak o`qituvchilarni tayyorlash masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Fikrimizcha, pedagoglarni tayyorlash tizimini takomillashtirish orqaligina ta`lim jarayoniga yangicha fikrlaydigan, zamonaviy kompetensiyalarga ega mutaxassislarni jalb etish mumkin. O`zbekiston misolida ham mustaqillik yillarida bu yo`nalishda katta islohotlar amalga oshirildi: 1997-yilda qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi uzluksiz ta`lim tizimini yaratib, pedagog kadrlar malakasini oshirishga zamin yaratdi. Keyingi yillarda qator qonun va qarorlar qabul qilinib, o`qituvchi kasbining nufuzi va tayyorgarlik sifati davlat siyosati darajasiga ko`tarildi.