MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA TASAVVUR VA IJODIY FIKRLASHNI OSHIRISHDA RASM, QO'L MEHNATI VA MUSIQA FAOLIYATLARINING INTEGRATSIYALANGAN YONDASHUVI
Abstract
Ushbu maqola maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy fikrlash va tasavvurni rivojlantirish jarayonida rasm, qo‘l mehnati va musiqa kabi badiiy faoliyat turlarini integratsiyalangan yondashuv orqali qo‘llash masalasiga bag‘ishlangan. Tadqiqotda badiiy faoliyatlarning bolalarning tasavvur doirasini kengaytirish, ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish va ularning estetik didini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil qilindi. Shuningdek, maqolada pedagogik yondashuvlar, metodik usullar va turli badiiy faoliyatlarni birlashtirishning samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, integratsiyalangan badiiy faoliyat bolalarning ijtimoiy, emotsional va kognitiv rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu yondashuv maktabgacha ta’lim muassasalarida ijodiy va badiiy faoliyatlarni tizimli va samarali tashkil etish, bolalarning mustaqil fikrlash, fantaziya va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga imkon beradi.