TAYYORLOV GURUHLARI TARBIYALANUVCHILARIDA LIDERLIKNI SHAKLLANTIRISHDA ZAMONAVIY XORIJIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING QO'LLANILISHI
Abstract
Ushbu maqolada tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilarida liderlik sifatlarini shakllantirish jarayonida zamonaviy xorijiy pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalalari ilmiy asosda tahlil etilgan. Rivojlangan davlatlar ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan loyiha asosida o‘qitish, jamoaviy o‘yinlar, rolli mashg‘ulotlar, STEAM yondashuvi, Montessori va Reggio Emilia texnologiyalarining liderlikni rivojlantirishdagi samaradorligi ochib berilgan. Shuningdek, tayyorlov guruhlarida ijtimoiy-emotsional o‘rgatish (SEL) modelini joriy etishning ahamiyati, tarbiyachi faoliyatining o‘rni, bolalarda tashabbuskorlik, mustaqillik, jamoaviy fikrlash hamda mas’uliyatni shakllantirishga xizmat qiluvchi shart-sharoitlar yoritilgan. Maqola liderlik kompetensiyalarini erta yoshdan rivojlantirishda xorijiy tajriba va innovatsion pedagogik yondashuvlarning integratsiyasi zaruriy ekanligini ilmiy asoslaydi