BOSHLANG'ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA MATN USTIDA ISHLASHNING O'ZIGA XOS JIHATLARI
Abstract
Mazkur ilmiy maqolada boshlang‘ich sinf ona tili darslarida matn ustida ishlashning o‘ziga xos jihatlari ilmiy-nazariy va metodik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda matn tushunchasining lingvistik va didaktik mazmuni, matn ustida ishlash jarayonining bosqichlari hamda uning o‘quvchilarning nutqiy, kommunikativ va kognitiv kompetensiyalarini shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, matn asosida o‘qish savodxonligini rivojlantirish, til birliklarini ongli o‘zlashtirish va o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish masalalari ilmiy manbalar asosida asoslab berilgan. Maqola boshlang‘ich ta’lim amaliyotida ona tili darslarini samarali tashkil etishda metodik qo‘llanma sifatida xizmat qiladi.