GLOBAL O'ZGARISH – IQLIM O'ZGARISHI, YASHASH JOYLARINING YO'QOLISHI VA TURLAR INVAZIYASI
Abstract
Jahon ekologik tizimlarida kechayotgan global miqyosdagi o‘zgarishlar hozirgi davrning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lib, ularning asosiy ko‘rinishlari sifatida iqlim o‘zgarishi, tabiiy yashash muhitlarining qisqarishi hamda begona va invaziv turlarning keng miqyosda tarqalishi namoyon bo‘lmoqda. Mazkur jarayonlarning kelib chiqish omillari va ularning o‘zaro sabab-oqibat munosabatlari chuqur ilmiy tahlil qilinib, ushbu o‘zgarishlarning biosfera barqarorligiga ko‘rsatayotgan salbiy ta’siri hamda ekologik xavfsizlik nuqtai nazaridan yuzaga keltirayotgan xavflari asoslab beriladi. Shu bilan birga, global ekologik muammolarni aniqlash, baholash va bartaraf etish yo‘nalishida xalqaro darajada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va amaliy chora-tadbirlar tahlil qilinadi.