Skip to main content
Other

SOBIR O'NAR ASARLARIDA MILLIIY MENTALITETNING AKS ETISHI

Shonazorov Ismoil Farxod o'g'liGuliston davlat pedagogika instituti magistrantiWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
ABI

Abstract

Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining vakili Sobir O‘nar ijodida milliy mentalitetning masalasi ilmiy-nazariy hamda badiiy-estetik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda milliy mentalitet tushunchasining adabiyotshunoslikdagi talqinlari yoritilib, yozuvchi asarlarida xalqning tarixiy xotirasi, urf-odatlari, axloqiy me’yorlari, milliy xarakter va ijtimoiy ongning badiiy ifodasi aniqlanadi. Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, globallashuv jarayonlari bilan bog‘liq holda asoslanadi hamda yetuk olimlarning nazariy qarashlariga murojaat qilinadi. Metodlar bo‘limida qiyosiy tahliliy, tarixiy-tipologik, struktural-semantik yondashuvlardan foydalanilgan bo‘lib, bu holat zamonaviy ijtimoiy munosabatlar bilan uyg‘un holda yoritiladi. Milliy mentalitetning badiiy talqini yozuvchi asarlarida individual obrozlar orqali umumlashtirilib, ularning estetik va ma’naviy ahamiyati yanada teranlashadi. Ushbu yondashuv Sobir O‘nar ijodining o‘zbek adabiy jarayondagi o‘rni va ahamiyatini asoslash imkonini beradi.

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references