Skip to main content
Other

INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR IMAGINATIV KÒNIKMALARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Ergasheva Mohimbonu Avazxon qiziAndijon davlat pedagogika instituti Magistratura bo'limi Maktabgacha ta'lim ixtisosligi 1-bosqich talabasiT.T.KaziyevaAndijon davlat pedagogika instituti Pedagogika fanlari doktori (DSC) dotsentWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
ABI

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda imaginativ (tasavvuriy) ko‘nikmalarni integrativ yondashuv asosida rivojlantirish metodikasi yoritiladi. Integrativ yondashuv mazmuni maktabgacha ta’limda nutq, tasviriy faoliyat, musiqa, konstruktiv o‘yin, dramatizatsiya hamda elementar tajriba-amaliy faoliyatni yagona didaktik mantiqda uyg‘unlashtirish orqali bolalarning obrazli tafakkuri, ijodiy tasavvuri, emotsional-irodaviy tajribasi va kommunikativ faoliyatini birgalikda faollashtirishdan iborat deb talqin qilinadi. Tadqiqotda metodik model (maqsad—mazmun—jarayon—natija), mashg‘ulotlar tizimi, bosqichma-bosqich diagnostika hamda baholash mezonlari taklif etiladi. Natijada integrativ mashg‘ulotlar orqali tasavvuriy obraz yaratish, obrazni nutqda ifodalash, predmetlar va hodisalar o‘rtasida bog‘lanish topish, ijodiy yechimlar ishlab chiqish ko‘rsatkichlari sezilarli o‘sishi asoslab beriladi.

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references