IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA SIFATLI OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINI YETISHTIRISH SAMARADORLIGI OSHIRISH YO'LLARI
Abstract
Iqlim o‘zgarishi bugungi kunda qishloq xo‘jaligi sohasida eng muhim global muammolardan biri hisoblanadi. Haroratning oshishi, yog‘ingarchilikning notekisligi, ekstremal ob-havo hodisalarining ko‘payishi va tuproq unumdorligining pasayishi dunyo bo‘ylab ekin hosildorligi va sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO, 2021) ma’lumotlariga ko‘ra, agar moslashtirish choralari amalga oshirilmasa, 2050 yilga borib global hosil 10–25% ga kamayishi mumkin. Sifatli oziq-ovqat ishlab chiqarish ya’ni oziq-ovqat mahsulotlarining ozuqaviy qiymati yuqori, xavfsiz va ekologik barqaror bo‘lishi ayniqsa iqlim o‘zgarishi ta’siriga sezgir. Protein miqdori, vitaminlar va saqlash muddati kabi parametrlar bevosita atrof-muhit sharoitlariga bog‘liq. Ushbu muammolarni yengish uchun fermerlar va olimlar turli strategiyalarni qo‘llashga urinmoqdalar. Iqlimga mos navlar, zamonaviy sug‘orish texnologiyalari, barqaror tuproq boshqaruvi, raqamli qishloq xo‘jaligi vositalari va agroekologik amaliyotlar samaradorlikni oshirish uchun eng samarali yondashuvlar sifatida ko‘rilmoqda. Ushbu maqola iqlim o‘zgarishi sharoitida sifatli oziq-ovqat ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha mavjud strategiyalarni tahlil qiladi va tavsiyalar beradi.